01.09.2021 1411

Joriy yilning 1-4-sentyabr kunlari Toshkentda Islom taraqqiyot bankining yillik uchrashuvi tashkil etilmoqda. Mazkur tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ma’sul xodimlari hamda talabalari tarjimon-volontyorlar sifatida uchrashuv qatnashchilariga xorijiy mehmonlarni kutib olish hamda hamrohlik qilishda yordam berishmoqda. Olim, diplomat, jurnalist va xalqaro moliya ekspertlarning faoliyati bilan yaqindan tanishish talabalarga birinchi oʻrinda amaliyot, shuningdek kelgusida bu kabi tadbirlarni mustaqil tashkillashtirish va ishtirokchi sifatida qatnashish malakasi oshirishga koʻmak beradi.