Mukofotlar muborak boʻlsin!
31.08.2021 1501
Mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga katta hissa qoʻshayotgan, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna boʻlib kelayotgan, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bagʻrikenglikni taʼminlash, yosh avlodni sogʻlom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik koʻrsatayotgan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bir qator professor-oʻqituvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga binoan “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” koʻkrak nishoni hamda diplomatik martaba bilan taqdirlandi.
Universitet rektori boshchiligida Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimida samarali faoliyat koʻrsatib kelayotgan 12 nafar xodim “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni va 4 nafar xodim diplomatik martaba bilan mukofotlandi.
Universitet rahbariyati va jamoasi ushbu yuksak eʼtirofga sazovor boʻlgan barcha professor-oʻqituvchilarni chin dildan samimiy muborakbod etadi.