30.08.2021 1788

To'plamga ShHTga a'zo davlatlarning gender tengligini ta'minlash va xotin-qizlarning etakchilik salohiyatini rivojlantirish masalalarida o'zaro hamkorligi tobora o'sib borayotganini ta'kidlaydigan maqolalar kiritilgan.

Eslatib o'tamiz, 2021-yilning 7-aprelida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ShHT Xalq diplomatiyasi markazi hamda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko'magida Toshkent shahrida ShHT mamlakatlari ayollar yetakchilari forumi videokonferensiya shaklida tashkil etilgandi.

Uning ishida ShHT bosh kotibi Vladimir Norov, milliy parlament vakillari, Favqulodda va Muxtor elchilar, diplomatlar, davlat organlari rahbarlari, olimlar, jamoat va xotin-qizlar tashkilotlari rahbarlari, SHHT kotibiyati ekspertlari hamda OAV vakillari ishhtirok etishdi. Forumda ShHTga a'zo 8 mamlakatdan 40 dan ortiq vakil ishtirok etishgan.

"Повышение роли женщин-лидеров в обеспечении Целей устойчивого развития ООН": Сборник статей по материалам Ташкентского форума женщин-лидеров стран ШОС (Ташкент, 7 апреля 2021 г.)