27.08.2021 1938

Toshkent Jan Monne Yevropa tadqiqotlari bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajriba Markazi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti birgalikda “Markaziy Osiyodagi mintaqaviy integratsiya va hamkorlik: muammolarni hal qilishda Yevropa tajribasi” nomli respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etdi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati, Qonunchilik palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Strategik tahlil va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Fanlar akademiyasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi vakillari ishtirok etdilar. Bundan tashqari, konferensiyada Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Davlat boshqaruv akademiyasi, Toshkent xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va nodavlat ilmiy markazlarning taniqli olimlari ham qatnashishdi.

Ilmiy-amaliy konferensiya uch bo‘limdan iborat bo‘lib, unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

  • Yevropa Ittifoqining integratsiya jarayoni: asosiy bosqichlari va zamonaviy holati;
  • Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlik masalalari genezisi va asosiy muammolari: Yevropa tajribasidan saboqlar;
  • Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro munosabatlari.

Bahs-munozaraga boy bo‘lgan uchrashuvda mintaqalar oldida turgan ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilindi va hamkorlikda ularga yechim izlandi. Anjuman yakunida birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan yangi maqsad, vazifa va yangi hamkorlik nuqtalari aniqlab olindi.