25.08.2021 2068

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida boʻlib oʻtgan navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Yangi Oʻzbekiston” gazetasiga bergan intervyusi mohiyati tahlil qilindi.

Mashgʻulotni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori maslahatchisi, siyosiy fanlar doktori, professor, Shuhrat Gʻoyibnazarov olib bordi. Unda oʻtgan 30 yil ichida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar ayniqsa, soʻnggi 5 yil davomidagi “Harakatlar Strategiyasi”da belgilangan vazifalarining ijrosi, Uchinchi Renessans poydevorini qurishning ahamiyati va maqsadi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, tashqi siyosatda mintaqamizda Prezidentimiz tashabbusi va takliflarining qoʻllab quvvatlanishi, qoʻshni mamlakatlar bilan integratsiyani kuchaytirish boʻyicha qilinayotgan ishlar, jahon siyosatshunosligida “Markaziy Osiyo ruhi” iborasining qoʻllanishi kabi muhim jihatlar eʼtirof etildi.

Bugun Oʻzbekiston Osiyoda koʻp tomonlama hamkorlikning faol ishtirokchisi hisoblanadi va Markaziy Osiyo mamlakatlarining oʻzaro munosabatlarini rivojlantirishda muhim oʻrinni egallagan.

Shavkat Mirziyoyevning intervyusi umumiy mamlakatning umumiy maqsadlari va amaliy harakatlarni namoyish qiladi. Prezident oʻz nutqida taʼlim, qonun ustuvorligi va iqtisodiyot sohalarida amalga oshirilishi kerak boʻlgan vazifalarni eslatib oʻtgan. Shuningdek, jamiyat rivojiga toʻsiq boʻluvchi – byurokratiya, korrupsiya va iqtisodiy muammolarga ham toʻxtalib oʻtilgan.

Muloqot soʻnggida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga maʼruzachidan javob oldilar.