JIDU talabasi xalqaro konferensiyada inklyuziv ta’limga mavzusi bilan qatnashdi
24.08.2021 2037
Toshkent shahrida Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz tomonidan BMTning qator tashkilotlari hamda YXHT bilan hamkorlikda “Xalqaro yoshlar kuni”ga bag‘ishlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. “Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish” mavzusidagi mazkur butunjahon konferensiyaning 1-sessiyasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakultetining 2-bosqich talabasi Mirsaid Muxtorov “Inkuliziv ta’lim – yoshlarni ish bilan ta’minlashning bosh me’zoni” mavzusidagi nutqi bilan qatnashdi.
Talabamiz o‘z ma’ruzasida inkuliziv ta’limdagi muammolar, bu yo’nalishdagi ta’lim konsepsiyasini “Yoshlar huquqlari to’g’risidagi Toshkent deklaratsiyasi”ga qo‘shish bo‘yicha me’zonlar haqida va ko‘zi ojizlar maktab internatlaridagi bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash dinamikasi va o‘z tajribasi haqida so‘zladi.
Shuningdek, M.Muxtorov o’z chiqishi davomida tahsil olish uchun nega aynan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tanlaganini hamda o’qish mobaynida qanday yutuqlarga erishganligi borasida ham yig’ilganlarga so’zlab berdi.
Yakuniy so’z o’rnida esa nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish uchun davlatimizda qonunchilikni takomillashtirish, o‘z mehnati va tajribalarini “Inson huquqlarini” himoya qilish uchun safarbar etishga, shu bilan birga xalqaro tajribani o‘rganish uchun zaruriy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish uchun JIDUning imkoniyatlari haqida ham gapirib o’tdi.