23.08.2021 2106

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 2-bosqich talabasi Dilmurod Dilmurodov muallifligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan to'plam tayyorlandi.

Dilmurod Dilmurodov tomonidan yozilgan ushbu kitobdan bugungi kunda mamlakatimizda o‘z sohasi bo‘yicha ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan, ijtimoiy hayotda faol, Vatanimiz bayrog‘ini xalqaro arenalarda baland ko‘tarayotgan, a’lo o‘qishi va namunali xulqi bilan o‘z tengdoshlariga ibrat bo‘layotgan 30 nafar faol yoshlar o‘rin olgan.

Shuni alohida qayd etish lozimki, ushbu kitobdan JIDUning 5 nafar faol talaba hamda doktorantlarini ham uchratish mumkin.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rahbariyati Dilmurod Dilmurodovni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, talabaning kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilab qoladi.