17.08.2021 1702

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o’ttiz yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori saviyada o’tkazish to’g’risida” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Mirzo Ulug’bek tumani “Beshkapa” mahalla fuqarolar yig’ini  binosida Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo’lib o‘tdi. Mazkur tadbir Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o’qituvchilari va O’zbekiston Respublikasi  “Taraqqiyot strategiya” markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi  “Taraqqiyot strategiya” markazining  yetakchi eksperti F. Ishonqulov  mamlakatimizda 2017-2021-yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar trayektoriyasi haqida batafsil to’xtalib, erishilgan yutuqlar, o’zgarishlar, yangiliklar mohiyatini yoritdi va “Bosh maqsadimiz-xalqimizning roziligi”, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Insonlarning dardu tashvishlarini o’ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir”, “Xalqimiz o’z hayotida ijobiy o’zgarishlarni ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun ko’rishi kerak“ kabi hayotiy g’oyalarga asoslangan o’zgarishlar eng avvalo mamlakatda inson huquqlari va erkinliklarini to’liq ta’minlashga qaratilgani bilan alohida molik ekanligini ta’kidladi.

So’ngra “Beshkapa” MFY raisi X.To’xtayeva  so’zga chiqib mahallada olib borilayotgan ishlar to’g’risida batafsil to’xtalib o’tdi va mahallada, ayniqsa “Yoshlar daftari”da ro’yxatda turgan yoshlar bilan JIDU professor-o’qituvchilari va  talaba-yoshlari o’zaro faoliyati albatta ijobiy natija berishini, universitetning taniqli olimlari mahalla aholisi o’rtasida olib borayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarini tashkil etishda hissa qo’shayotganliklari haqida to’xtalib o‘tildi.

JIDU rektor maslahatchisi, siyosiy fanlar doktori, professor Shuhrat G’oyibnazarov mahalla faollari bilan o’zaro hamkorlikda “Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik” g’oyasini o’zida mujassam etgan qator tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy hamda targ’ibot-tashviqot tadbirlari doirasida Mirzo Ulug’bek tumani 2-sektor hududidagi Azamat, Al-Farobiy, Ahillik, Ahmad Yugnakiy, Munavvarqori, Traktorsozlar, Uyg’onish, Ulug’bek, Humoyun, Yuzrabot va Yalong’och MFYlarida ham huddi shunday tadbirlar amalga oshiriladi deb ta’kidladi va “Beshkapa” mahallasi kutubxonasiga kitoblar sovg’a qildi.