29.07.2021 1733

Joriy yilning 15-iyul kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Pokiston Bosh vaziri Imron Xon oʻrtasida strategik sheriklik aloqalarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiya imzolangandi.

Mazkur hujjat tarkibida tranzit, savdo, viza tartiblarini soddalashtirish, mudofaa va madaniy aloqalarga oid qator kelishuvlar bilan birgalikda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Pokiston diplomatik xizmat akademiyasi oʻrtasida anglashuv memorandumi ham imzolandi. Ikki davlat Tashqi ishlar vazirlari tomonidan imzolangan ushbu kelishuv diplomatik sohada kadrlar hamkorlikda tayyorlashni yoʻlga qoʻyish va uni rivojlantirishni nazarda tutadi.

Xususan tomonlar oʻrtasida imzolangan Memorandumda soha boʻyicha ilmiy materiallar alshashinuvi, oʻquv muassasalarida oʻqitish va boshqaruv boʻyicha tajriba bilan boʻlishish, hamkorlikda qoʻshma loyihalar tashkil etish kabi jihatlar belgilangan.