17.12.2016 29305

2014 yil 14 dekabr kuni murabbiylik soatida  barcha akademik guruhlarda yangi saylangan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligiga bag’ishlangan ma’ruzasi o’rganildi. Ushbu ma’ruzada O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilangan “Inson va uning manfaatlari” konsepsiyasi davom etishi, yurtimizda olib borilayotgan islohatlarning zaminida xalqga xizmat qilish, tinch-totuv hayot kechirish, mustaqillikning ne’matlarini asrab-avaylashga qaratilgan fikr-mulohazalar o’qib eshittirildi. Ma’ruzada yangi yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” deb nomlanishi hukumatimiz tomonidan ilgari surilgan ezgu niyyatlarning yanada ro’yobga chiqarilishi, xalq va davlat o’rtasidagi muloqotni yanada mustahkamlash, aholi bilan doimo aloqada bo’lish, odamlarning muammolarini  hal etishga yordam berish bilan bog’liq bo’lgan ustuvor yo’nalishlar ta’kidlanib o’tildi. Joylarda odamlarning dardini eshitadigan maxsus xonalar  tashkil etilishi, mutassadi shaxslar tomonidan joylarga tashrif buyurishi va yechimini topmagan masalalarni o’z vaqtida hal etilishiga ko’mak berishi to’g’risida so’z yuritilgani e’tirof etildi. Ta’lim va tarbiya tizimi sifatini ko’tarish, ota-onalarning  farzand tarbiyasidagi rolini  yanada oshirishga qaratilgan masalalarga  alohida to’htalib o’tildi.  Mazkur ma’ruza  murabbiylar va talabalar tomonidan atroflicha o’rganildi va Prezidentimiz belgilab bergan dolzarb vazifalarni birgalikda hal etish va jonbozlik ko’rsatishga bel bog’landi.