10.07.2021 1812

Seulning Koryo universiteti va JIDU talabalari uchun maxsus loyiha ishlab chiqilib, uning onlayn taqdimoti oʻtkazilganligi haqida xabar berilgan edi.

Bugungi uchrashuvda ikki universitet yoshlari Orol dengizi va Orolboʻyi hududi muammolarining tarixi va madaniyati, iqtisodiy-ijtimoiy holati, ekologiyasi va atrof-muhiti masalalari boʻyicha 3 ta tadqiqot guruhlariga boʻlinib, oʻz rejalarini muhokama qildilar va kelgusi tadbirlarni kelishib oldilar.

Mazkur xalqaro oʻquv mashgʻulotlarining loyihasi 3 yilga moʻljallangan boʻlib, uni har oyda muntazam ravishda oʻtkazilish belgilab olindi.  

Shuhrat Gʻoyibnazarov
Rektor maslahatchisi, Oliy Majlis Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari qoʻmitasi eksperti, Siyosiy fanlar doktori, professor