17.12.2016 29428

2016 yil 14 dekabr  Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 24-yilligiga bag’ishlangan bayram o’tkazildi. Talabalar va “Kamolot” YoIH faollari tomonidan badiiy chiqishlar  namoyish etildi. Tadbir boshida universitet rektori Abdumalik Abduvaxobovich Djumanov so’zga chiqdi. Ular Konstitutsiyaning yurtimiz hayotidagi ahamiyati, O’zbekistonning mustaqil, bosqichma-bosqich va barqaror bo’lib rivojlanishiga asos solgani to’g’risida gapirib o’tdi. Ta’kidlab o’tildiki, respublikamizda o’tkazilgan Prezident saylovlari demokratik va  xalq xoxish- irodasi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqi va erkinliklari asosida o’tkazildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan SH.Mirziyoevning  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bag’ishlangan nutqida ta’kidlanib o’tilgan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy sohalardagi dolzarb vazifalarga e’tibor qaratildi. O’z nutqi bilan professor Boboqul Toshev so’zga chiqdi va Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish kontsepsiyasi va mohiyati bo’yicha qo’shgan katta tarixiy hissasi to’g’risida  so’z yuritdi. Tadbirda bir guruh professor-o’qituvchilar hamda xodimlarga yoshlar tarbiyasida va malakali kadrlarni tayyorlashda o’zining samarali va namunaviy mehnati uchun fahriy yorliqlar berildi.