28.06.2021 1673

Universitet talabalari Badminton sport turi bo'yicha o'tkazilgan I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universiteti Toshkent shahar filiali rektori kubogi musobaqasida ishtirok etishdi. Toshkent shahrining barcha oliy ta'lim muassalaridan talabalar qatnashgan bu turnirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari 2 ta medalga ega bo’lishdi.

Murabbiylar Barno Badalova va Shuhrat Dilmurodov boshchiligida quyidagi talabalar sovrinli o’rinlarga loyiq topildi:

  • Xalqaro huquq fakulteti 1-bosqich talabasi Sitora Yunusova ayollar o'rtasida oltin medal
  • Xalqaro munosabatlar fakulteti 1-bosqich talabasi Samandar Sarayev erkaklar o'rtasida kumush medal.

Musobaqa g'olib va sovrindorlari diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.

JIDU talabalarini universitet ma’muriyati va sport klubi nomidan tabriklab, kelgusi musobaqalarda zafarlar tilab qolamiz!