17.06.2021 1639

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Yuridik klinikasida JIDU va Brokerlar Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda o’zaro imzolangan Memorandum doirasida “Birjalar va birja faoliyati” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. “Pacta sunt servanda” loyihasiga ko’ra tashkil etilgan ushbu treningda birjalar faoliyatining iqtisodiy va huquqiy asoslari, shuningdek birjalar ishidagi kamchiliklar haqida tushuntirishlar berildi.

Davra suhbatida Yuridik klinika rahbari, yuridik fanlar doktori Z.Ubaydullayev, Brokerlar Uyushmasi rahbari S.Sodiqjonov hamda tajribali broker Sh.Sobirov talabalarga nazariy va amaliy jihatdan tushuntirishlar berishdi. Yig’ilish mobaynida yoshlarga birja savdolaridan namunalar ko’rsatilib tahlil qilindi.

Uchrashuv so’ngida birja faoliyatini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar berildi.