08.06.2021 1603

Bugungi kunda til butun dunyo bo‘ylab ikki milliarddan ortiq odamlar uchun aloqa vositasiga aylangan. Vaholanki, bundan 15 asr oldin ham barcha uch qabilalar kundalik hayotidagi muloqot uchun ham til muhim rol o‘ynagan. Hozirgi kunda rus tilining dunyo miqyosida nufuzi kundan-kunga yanada ortib borayotganini yoshlar hayotida tutgan o‘rnidan bilish qiyin emas. Yon-atrofimizda til o‘rganuvchi yoshlar, ayniqsa, talabalar soni ortmoqda.

Darhaqiqat, bugun dunyoda 300 milliondan ortiq aholi rus tilida so‘zlashadi va shu bilan bir qatorda, mazkur til Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy tillaridan biri hamdir.

Ushbu bayram ilk bora 2010-yilda arab tili kuni, xitoy tili kuni, fransuz tili kuni, rus tili kuni va ispan tili kuni bilan bir qatorda nishonlangan. Yuqorida sanalgan tillar BMTning maxsus ishchi tillari bo‘lib, bu kunlarni nishonlash orqali jahonda tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishni oshirish ko‘zda tutilgan. Xalqaro rus tili kunini aynan buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkinning tug‘ilgan kunida, 6-iyun kuni nishonlashga qaror qilinganligi bugungi kunda rus tilining butun dunyoda qanchalik muhim tillardan biri ekanligini yaqqol namoyon etadi.

Aleksandr Sergeyevich Pushkin zamonaviy adabiy rus tilining asoschisi hisoblanadi. Uning ko‘plab mashhur asarlari nafaqat rus xalqi tomonidan sevib o‘qiladi, balki butun dunyo adabiyot muxlislarining e’tirofiga ham sazovor bo‘lgan.

Rus tili - dunyoning yirik tillaridan biri hisoblanib, shu tilda so‘zlashuvchilarning umumiy soniga ko‘ra jahon tillari ichida birinchi o‘ntalikdan joy olgan.

Bugun rus tilini chuqur o‘rganish, uni bilish har bir o‘qimishli inson uchun, har qanday soha egasi bo‘lishni xohlagan talabalar uchun juda muhimdir.

Dilmurod Dilmurodov,
“Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1 bosqich talabasi