03.06.2021 1696

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligi vakillarining chet tili fani oʻqituvchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi. JIDU Ilmiy ishlar boʻyicha prorektori Gulnoza Ismailova mehmonlarni qarshi olib universitetda chet tillarini oʻqitish boʻyicha mavjud tajriba va imkoniyatlar, shuningdek oldinda turgan vazifalar haqida gapirib oʻtdi. Agentlik direktor oʻrinbosarlari Sanjar Obidov va Azimjon Xusanov oʻqituvchi va professorlar bilan sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishdi.

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan tadbirda xorijiy tillarni oʻrganishdagi muammolar va ularning yechimlari, shuningdek ushbu sohani yangi bosqichda rivojlantirish, zamon talablariga javob beradigan kadrlar malakasini oshirish kabi koʻplab mavzularda fikr va mulohazalar almashinildi.

Uchrashuvda bildirilgan har bir taklif Agentlik mutaxassislari tomonidan oʻrganilib, tadbirlar rejasiga kiritilishi va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bajarilishi kelishilib olindi.