JIDU Boshqaruv instituti Nukusda “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya kursi, soliq va ish yuritish”va “Kadrlar bo'limi ish yuritishining zamonaviy asoslari” mavzusida o'quv kurslari o'tkazdi
06.12.2016 30869
JIDU Boshqaruv instituti 2016 yil 5 noyabr kuni Nukus shahrida Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tuman bo'linmalarining bosh buxgalterlari, menejerlari va bo'lim boshliqlari uchun malaka oshirish kurslari o'tkazdi.
“Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya kursi, soliq va ish yuritish” va “Kadrlar bo'limi ish yuritishining zamonaviy asoslari” o'quv kursida 118 tuman sog'liqni saqlash muassasalari vakillari tinglovchi sifatida ishtirok etdi.
Ma'ruzalarda kompyuter o'quv taqdimotlari, ta'limning va xodimlarni boshqarishning interaktiv metodlaridan unumli foydalanildi. Ta'lim jadvalining xilma-xilligi va berilayotgan axborotning katta hajmda ekanligi bois tinglovchilar o'zlarining kasbiy faoliyatlariga doir barcha zarur bilimlarga ega bo'ldilar.
O'quv jarayoni davomida tinglovchilar ko'plab savollar berdilar va ularga o'zlarini qoniqtirgan javoblarni oldilar.
Tinglovchilar o'qituvchilarning ishiga yuqori baho berib, kelgusida yana JIDU Boshqaruv istitutiga o'qishga kelish istagini bildirdilar. Qoraqalpog'iston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi rahbariyati nomidan JIDU hamda Boshqaruv instituti rahbariyatiga, shuningdek, butun Boshqaruv instituti jamoasiga tashkil qilingan o'quv kurslari uchun minnatdorchilik bildirildi.