31.05.2021 1389

28-may kuni Moskvada SHHT Yoshlar Kengashi Kotibiyati va SHHT Kotibiyati tomonidan pandemiya davrida SHHT ichki turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshma konferensiya oʻtkazildi.

Tadbir dasturida SHHT Bosh kotibi Vladimir Norov, SHHTga aʼzo davlatlarning turizmni rivojlantirishga masʼul vazirlik va idoralari vakillari, shuningdek, Butunjahon sayyohlik shaharlari federatsiyasi va SCOLAR Network yoshlar platformasi rahbarlari va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tadqiqotchisi Munisa Zakirova nutqlarini oʻz ichiga oladi.

SHHT Bosh kotibi Vladimir Norov shunday dedi: “Pandemiya xamma davlatlarga juda katta talofat va qiyinchiliklar olib keldi. Xozirgi kunda esa axborot komunikatsiyaning rivojlanib borishi oqibatida kontaktsiz sayyoxatlar, virtual sayyoxatlar rivojlanib, turistik tajribani kengaytirishga va yuqori sifatli xizmat koʻrsatishda va sogʻlom turmush tarzini vrivojlantirishga imkon beradi. Ishonchim komilki, SHHT Kotibiyati turizmni rivojlantirishda oldimizga qoʻyiladigan barcha maqsadlarga erishishga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirishda butun dunyo boʻylab yordam beradi”.

SCOLAR Network yoshlar platformasi raisi Viktoriya Xu, pandemiya davrida qanchalik qiyin boʻlishiga qaramasdan, turli vaqt zonalarida ishni onlayn formatda tashkil qila olganliklari va yarim yil ichida SCOLAR- yani, bu shaharga asoslangan doimiy koʻngillilar jamoasini ochganliklari va bugungi kunda SHHTning 4 ta davlatida 5 ta shaharda faoliyati haqida soʻzlab berdi. U pondemiya paytida onlayn turizm qanday rivojlanishi mumkinligini koʻrish eng muhim narsa edi deydi.

Tadbir davomida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti – “Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari” ixtisosligi boʻyicha stajyor doktarant Munisa Zakirova SHHT makonida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish uchun madaniy diplomatiya vositalaridan foydalanishga oid fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

Anjumanda SHHTning JOINPRO sayyohlik platformasida ham namoyish etildi.