“Uchinchi renessans poydevorini yaratish sari” mavzusida konferensiya tashkil qilindi
27.05.2021 3652
Oʻzbekiston Respublikasi IIV akademiyasida Uchinchi Renessans poydevorini yaratish mavzusiga bagʻishlangan respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professorlari Shuhrat Gʻoyibnazarov “Uchinchi sharq renessans poydevorining ilmiy asoslari” hamda Rahmon Farmonov esa “Tarixiy tajriba va taraqqiyot, uchinchi renessans” deb nomlangan maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Tadbirda oxirgi yillarda Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim sohasidagi ijobiy oʻzgarishlar ayniqsa qayd etildi. Sohadagi yangilanishlar zamon talabidir. Yangi Oʻzbekistonda Uchinchi Renessansning poydevorini yaratishda insonparvarlik tamoyili bilan birga ilm-maʼrifatga ham eʼtibor qaratish muhim. Oʻzbekiston hududi tarixda uzoq vaqt jahon sivilizatsiyasi markazlaridan biri boʻlib kelgan. Zaminimizdan zamonaviy ilm-fan rivojiga hissa qoʻshgan koʻplab buyuk olim va mutafakkirlar yetishib chiqqan. Oʻtmishning beqiyos merosi va tajribasidan foydalangan holda yorqin kelajak poydevorini yaratishga kirishilgan. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning taʼlim sohasidagi islohotlari ham ayni shu maqsadga yoʻnaltirilgan.
Konferensiya soʻnggida IIV akademiyasi tingovchilari bu kabi tadbirlarni oʻtkazishning ahamiyati shuningdek, uchinchi renessans mavzusi boʻyicha zaruriy bilimlarga ega boʻldilar.