27.05.2021 1756

BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP), AQSH Xalqaro Taraqqiyot agentligi (USAID), O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi hamkorligida fuqarolik, jinoiy, ma'muriy va iqtisodiy sohada O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi tomonidan e'lon qilingan sud hal qiluv qarorlari tahlili boʻyicha tanlov oʻtkazildi. Bu tanlovda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat Yuridik universitet talabalari ishtirok etishdi. Tanlov natijalariga ko'ra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining "Xalqaro huquq" fakulteti 2-bosqich talabasi Keldibekov Ziyodullo "Fuqarolik ishlari bo'yicha sudlar hal qiluv qarorlarining eng yaxshi tahlili" nominatsiyasida g'olib deb topildi.

Universitet jamoasi Keldibekov Ziyodullo va uning ota-onasini ushbu g'alaba bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatida zafarlar tilaydi!