27.05.2021 2073

21-25-may kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan juda katta masshtabdagi yorqin “5 tashabbus harakati” yoshlar festivali poytaxtning faol yoshlariga turli xil tanlovlar, musobaqalar, breyn-ring turnirlari, master-klasslar, vazirlar, diplomatlar va mashhur insonlar bilan uchrashuvlar, kechqurun esa didjeylar musiqasi ostida raqs tushish imkoniyatini yaratib berdi. Ushbu haftalikda JIDU Xalqaro huquq fakulteti talabasi Muslima Ismatullayeva ham yurtimizda endi rivojlanayotgan “Ayollar networkingi” yo’nalishi ijtimoiy soha jamoasida ishtirok etib, ayollarning jamiyatdagi faolligini oshirishga bag’ishlangan o’z loyihalarini taqdim etishdi.

Ishtirokchilar festival so’nggida sertifikat va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.