22.05.2021 1811

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi qator muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etgan “Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” nomli tanlovining hududiy bosqich g‘oliblari e’lon qilindi. Unda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalari Kamoliddin Amandullaev va Mirsaid Muxtorovlar “Oliy taʼlimda sifatli bilim olishdan talabalarning manfaatdorligini oshirish uchun oʻquv jarayoni va metodikasini oʻzgartirish yoʻllari” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, keyingi Respublika bosqichiga o‘tishdi.

Maʼlumot uchun: tanlovning har bir nominatsiya boʻyicha Respublika bosqichi gʻoliblari oʻzlari taklif etgan loyihalarni amalga oshirish uchun 50 mln soʻmdan grant pullari, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadilar.