21.05.2021 1614

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1-bosqich talabasi Dilmurod Dilmurodov hamda 2-bosqich talabasi Fazliddin Djamalovlar “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotining hududiy bosqichida “Ta’lim” sohasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Qayd etish lozimki, bugungi kunda Fazliddin Djamalov hamda Dilmurod Dilmurodovlar nafaqat ta’lim sohasida, balki tashkiliy ishlarda ham ko‘plab yutuqlarga erishib kelayotgan universitetimizning eng faol talabalaridan hisoblanadi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi Fazliddin Djamalov hamda Dilmurod Dilmurodovlarni tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanma olganligi bilan tabriklab, keyingi bosqichda va ilmiy izlanishlarda muvaffaqiyatlar tilaydi!