21.05.2021 1515

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti 1-bosqich talabasi Shoxrux Qo'chqarov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tomonidan ta'sis etilgan "Muhammad Aminxo'ja Muqimiy" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi. 18-may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy kengashi tomonidan taqdirlash to'g'risidagi qaror tasdiqlandi.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi Shoxrux Qo'chqarovni bu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi o'qishlarga zafarlar tilab qoladi!