17.05.2021 1989

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Markaziy Osiyo uchun Preventiv Diplomatiya bo'yicha Mintaqaviy Markazi (UNRCCA) tomonidan “Preventiv Diplomatiya Elchisi” xalqaro tanlovi tashkil etildi. Tanlovda 18 yoshdan 29 yoshgacha bo'lgan Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O'zbekiston va Afg'oniston yoshlari o’z tahliliy ishlari bilan ishtirok etdilar. Natijalarga ko’ra, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabasi Abu Tolib G'iyosov tanlov g'oliblaridan biriga aylandi.

Shu bilan birga, talabamiz maxsus onlayn treninglarda qatnashish, Markaziy Osiyo va Afg'onistondagi preventiv diplomatiya yosh elchilarining mintaqalararo tarmog'iga kirish hamda UNRCCA va BMTning boshqa tarkibiy bo'linmalari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

Universitet jamoasi Abu Tolib G'iyosovni ushbu g’alaba bilan samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatida zafarlar tilab qoladi.