14.05.2021 3675

Chet tillarida erkin muloqot malakalasi bugun kata-kichik uchun har qachongidan-da muhim. Ingliz tili esa hozirda eng talab yuqori bo‘lgan xorijiy tillardan biridir. 2021-yil 9-martda – 2-aprelgacha JIDU Ingliz tili kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Mirzo Ulug‘bek tuman XTBga qarashli umumta’lim maktablari ingliz tili o‘qituvchilari uchun seminarlar tashkil etilgan edi. Umumiy 24 soatni tashkil etgan mashg‘ulotlarda tumandagi maktablarning yuzlab ingliz tili o‘qituvchilari qatnashdi. Seminarni muvaffaqiyatli tamomlagan maktab o‘qituvchilariga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida sertifikatlar topshirildi. Shuningdek tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi umumta’lim maktablar o‘rtasida tashkil etilgan Matematika va ingliz tili fan olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni ham taqdirlash bo‘lib o‘tdi.