Farmon ijrosi - amalda
10.05.2021 1685
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2020-yil 20-oktyabrda PF-6084-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda taʼlim muassasalarida davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi holatini oʻrganish maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining ishchi guruhlari shakllantirilgandi.
7-may kuni Dilrabo Bahronova boshchiligidagi ana shu ishchi guruh aʼzolari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi holatini oʻrganib chiqishdi. Tashrif yakunida ishchi guruh aʼzolari universitetdagi davlat tilining amaliyotda joriy etilishi holatini qoniqarli baholab, bu sohadagi ishlarni yanada takomillashtirish borasida oʻz tavsiyalarini berdilar.