04.05.2021 1873

Davlat muassasalari xodimlarini uchun 2021-yil 26-apreldan 1-maygacha Oliy Diplomatiya maktabida o'quv rejasiga ko‘ra, «Ishchanlik protokoli, odob-axloq qoidalari. Ishbilarmonlik muzokaralari" mavzusida navbatdagi kurslar bo'lib o'tdi. Unda mamlakatimizning turli vazirliklar va idoralari vakillari, shu jumladan Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Turizm va sport vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ, "O'zarxiv" agentligi, "Trastbank" OAJ, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, Milliy olimpiya qo'mitasidan tinglovchilar qatnashdi.

Haftalik o'quv kursining dasturi 7 ta tegishli yo'nalishdan iborat bo'lib, ularda asosiy e'tibor ishchanlik protokoli va odob-axloq qoidalari, ishbilarmonlik muzokaralari, notiqlik san'ati, biznes bo‘yicha tashrif va qabullarni tashkil qilish, shuningdek ish vaqtini samarali tashkil etishga qaratildi.

O'quv kursi ishtirokchilari Oliy diplomatiya maktabida o'quv jarayonini yuqori darajada tashkil etilganligi, dastur mazmuni va ma'ruzachilarning kasbiy vakolatlarini ijobiy baholadilar, kurslarda olingan bilimlar kelgusi faoliyatlarida katta yordam berishini ta'kidladilar.

Kurs yakunida talabalarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.