JIDU Haftaligi yopilishi
21.11.2016 32459
JIDU Haftaligi o'z nihoyasiga yetdi. 18 noyabr kuni talabalar tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Ushbu tadbir kuzgi bal sado ostida o'tkazildi va ko'tarinki emotsiyalarga boy bo'ldi.
Haftalikni tashkil etgan bir guruh talabalar, loyiha g'oliblari, mehmonlar taqdirlandi. Tadbir davomida “Rock Ambassadors” deb nomlangan universitet rok-guruhi kuy va qo'shiqlari hamda O'zbekiston davlat konservatoriyasi kvartetining musiqiy chiqishlari yangradi.
Ana'naviy bal raqsi hammaga yaxshi kayfiyat bag'ishladi. Modeler Sevara Asomova “Miss UWED” ko'rik-tanlovida ishtirok etganlarga sovg'alar ulashdi. Kuzgi balda JIDU, WIUT, MDIS, UzGUMYa va JIDU qoshidagi Akademik litsey talabalari ishtirok etdi.