16.04.2021 3717

JIDU huzuridagi yuridik klinikada “Xalqaro huquq” fakulteti 2 bosqich talabalari uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudi rahbarligida sud majlisi boʻlib oʻtdi.

“Huquq nazariyasi va davlat boshqaruvi” kafedrasi dotsenti Odil Yusufjonov tashabbusi bilan universitet talabalari uchun tashkil etilgan koʻchma sud oʻz ishini Yuridik klinika sud zalida olib bordi.

“Jinoyat huquqi” fani doirasida boʻlib oʻtgan sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104 moddasi I qismi boʻyicha jinoyat ishi koʻrib chiqildi.

Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga ochiq sud majlisida sud raisi T. Qosimov va prokurorning katta yordamchisi S.Hasanboyev va advokat A.Toʻrayevlar hamda Yuridik klinika rahbari Z.Ubaydullayevlardan javob oldilar.