14.04.2021 1912

JIDU Yuridik klinikasida “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabalari uchun Yashnobod tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi rahbarligida sayyor sud bo‘lib o‘tdi. U “Huquq nazariyasi va davlat boshqaruvi” kafedrasi dotsenti Odil Yusufjonov tashabbusi bilan universitet talabalari uchun tashkil etildi.

Xalqaro huquq fakulteti talabalari ishtirokida "Jinoyat huquqi" fani doirasida sud jarayoni bo'lib o'tdi, unda Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish to'g‘risida va firibgarlik to'g'risida jinoyat ishlar ko'rib chiqildi (O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 226-moddasi va 168-moddasi).

Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga ochiq sud majlisida sud raisi A. Ikramov va prokuror yordamchisi B.Nazirovdan javob oldilar.