«Oʻzbekiston Respublikasida islohotlarni chuqurlashtirish davrida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish istiqbollari: muammolar va yechimlar» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi
09.04.2021 1513
6-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida "Oʻzbekiston Respublikasida islohotlarni chuqurlashtirish davrida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish istiqbollari: muammolar va yechimlar" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
Konferensiyada diplomatlar, vazirlik va idora mutaxassislari, oliy oʻquv yurtlari izlanuvchilari va professor-oʻqituvchilari ishtirok yetishdi. Tadbirda mamlakatdagi barqaror taraqqiyotni yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy yondashuvlar, xususan, liberallashtirish va raqobatbardoshlikni oshirish masalalari, yoshlar siyosatini takomillashtirish, bandlik va taʼlim muammolari, Oʻzbekiston iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi shartlari muhokama qilindi.
Shuningdek, Oʻzbekiston tashqi iqtisodiy siyosatining strategiyasi, xususan, mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga kirishi masalalari, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va pandemiya sharoitida mamlakatni dunyo reytinglarida ilgari surish muammolarini koʻrib chiqildi.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilarining tezislari elektron toʻplam shaklida nashr etiladi.