31.03.2021 3363

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Yuridik klinikada “Xalqaro huquq” fakulteti 2-bosqich talabalari uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudining majlisi bo‘lib o‘tdi. “Huquq nazariyasi va davlat boshqaruvi” kafedrasi dotsenti O.Yusufjonov tashabbusi bilan tashkil qilingan amaliy mashg‘ulot doirasida universitetda navbatdagi sayyor sud o‘tkazildi.

"Jinoyat huquqi" fani doirasida bo‘lib o‘tgan sud jarayonida hujjatlarni qalbakilashtirish to'g'risida jinoyat ishi ko'rib chiqildi (O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 228-moddasi).

Talabalar jarayondan so‘ng o'zlarini qiziqtirgan savollarga ochiq sud majlisida sud raisi B. Berdievdan, shuningdek, Yuridik klinikaning boshlig'i Z.Ubaydullaevdan javob oldilar.