17.11.2016 28504

15 noyabr kuni “Kamolot” YoIHning ayollar rivojlanishi markazi tomonidan “Sog'lom ona – sog'lom bola” nomli anjuman tashkil etildi.

Talabala-qizlar o'z chiqishlarida turli davr va millatga mansub bo'lgan ayollar obrazini namoyish etdi va improvizatsiyaga boy bo'lgan debatlarda ishtirok etdi. Anjum akunida sog'lom turmush tarzi va onalikni targ'ibot etishga bag'ishlangan 4 ta loyiha ishlab chiqildi.

Anjumanga TCI talabalari jalb etildi, ular o'zbek va rus tillardagi ma'ruzalarni tarjima qildi. G'oliblarga “Best Costume” “Best Position Paper” nominatsiyalar bo'yicha sertifikat va esdalik sovg'alar taqdim etildi.