Saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgarish va qoʻshimchalarga doir davra suhbati
30.03.2021 1679
29-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Markaziy saylov komissiyasi tashabbusi bilan “Saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgarish va qoʻshimchalarga doir davra suhbati” boʻlib oʻtdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari, OAV vakillari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ishtirok etdi.
Tadbirda Markaziy saylov komissiyasi aʼzolari S. Qurbankulov, G. Ismailovalar saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgarish va qoʻshimchalar yuzasidan maʼruza qildilar.
Uchrashuvda talabalarning nomzodlar tomonidan targʻibot va tashviqot olib borishda axborot kommunikatsiya texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanish, aholining saylovlarda faol ishtirokini taʼminlash, pandemiya sharoitida saylovlarni oʻtkazish tartibiga doir savollariga atroflicha tushunchalar berib oʻtildi.