30.03.2021 1874

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro iqtisodiyot va menejment" fakultetida bitiruvchi soati doirasida Enter Engineering Pte. LTD kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib o‘tdi. Unda kompaniya vakillari JIDU talabalariga O‘zbekistonda neft va gaz sohasida oʻzining faoliyatini olib borayotgan Xalqaro transmilliy kompaniyalar haqida tushunchalar berishdi. Sohaning istiqbollari, unda uchrovchi hozirgi kun muammolari va imkoniyatlari tahlil qilindi.

Shu bilan birga, kompaniya vakillari bitiruvchilarga kompaniyada mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida ma’lumot berishdi. Uchrashuv yakunida talabalarning savollari tinglanib ularga javob qaytarildi.