29.03.2021 1859

29-mart kuni JIDU rektori Komiljon Karimov Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasining rektori Abduxalil Gafurzoda bilan onlayn muloqot qildi. Mazkur uchrashuv Oʻzbekiston va Tojikiston taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro tanishuv va maʼlumot almashish shaklidagi ilk uchrashuv boʻldi.

Tojikiston Davlat boshqaruv akademiyasi bugungi kunda 3 ta – Davlat boshqaruvi, Diplomatiya va siyosat, Masofaviy taʼlim va ikkinchi mutaxassislik fakultetlari boʻyicha tadqiqotchilarni tayyorlaydi. Yosh taʼlim dargohlaridan boʻlgan Akademiya xalqaro tanlov va grantlarda faol qatnashib, xorijiy hamkorlari safini kengaytirib kelmoqda.

 Videomuloqotda tomonlar oʻzaro hamkorlikning Ilmiy daraja beruvchi davlatlararo maxsus Kengashini tuzish, professor-oʻqituvchilarning tajriba almashishlari uchun dasturini yoʻlga qoʻyish, xalqaro loyihalarda hamkorlikda ishtirok etish va bu hamkorliklarning huquqiy asosi sifatida kelishuv Memorandumini imzolash kabi masalalarni muhokama qildilar.