29.03.2021 2051

24-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro iqtisodiyot va menejment” fakultetining 2 bosqich talabasi Diyorbek Mamarahimov tomonidan “Mnemonika” boʻyicha mahorat darsi oʻtildi. Master-klassda xotirani rivojlantirish, qanday qilib xorijiy tillarni tez va samarali oʻrganish va shaxsiy samaradorlikni oshirish boʻyicha talabalarga koʻnikmalar berildi.

Mnemonika – zaruriy axborotni yodda saqlab qolish uchun uning tarkibini oʻzgartirish usullari hisoblanadi. Masalan, raqamlar oʻrniga soʻzlar, soʻzlar oʻrniga esa joylarni bogʻlab eslab qolish texnikasi mavjud.

Mahorat darsida talabalar katta qiziqish bilan faol qatnashib, yakunida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.