29.03.2021 4030

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat investitsiya banki, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda “Uchinchi Renessans – yoshlar nigohida” nomli tanlovning uchinchi-Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda JIDUdan quyidagilar qatnashdi:

  • “Ajdodlar merosini oʻrganish va targʻib qilishda innovatsion yondashuv” nominatsiyasi boʻyicha Xalqaro huquq fakulteti 2 bosqich talabalari A. Gʻiyosov, A. Qodirjonov; Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari Sh. Jumaniyazova, M. Ilmiddinova;
  • “Oliy taʼlimda sifatli bilim olishdan talabalarning manfaatdorligini oshirish uchun oʻquv jarayoni va metodikasini oʻzgartirish yoʻllari” nominatsiyasi boʻyicha Xalqaro huquq fakulteti 1 bosqich talabalari K. Amandullayev, M. Muxtorov;
  • “Yoshlarni ilm-fan va innovatsiyalarga qiziqtirishning noanʼanaviy usullari” nominatsiyasi boʻyicha Xalqaro huquq fakulteti 4-bosqich talabasi M. Tursunovlar himoya qilishdi. Tanlovning uchinchi, Toshkent shahar bosqichi natijalari tez kunlarda eʼlon qilinadi.

Maʼlumot uchun: tanlovning har bir nominatsiya boʻyicha Respublika bosqichi gʻoliblari oʻzlari taklif etgan loyihalarni amalga oshirish uchun 50 mln soʻmdan grant pullari, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanadilar.