Oʻzbekiston – Rossiya: pandemiya sharoitida taʼlim va iqtisodiy hamkorlik masalalari
26.03.2021 2391
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti (RXDU) bilan hamkorlikda “Pandemiya sharoitida barqaror rivojlanishni taʼminlashda iqtisodiy diplomatiya oʻrni” mavzusida onlayn konferensiya tashkil etildi.
Tadbirning rasmiy ochilish jarayonidan soʻng ikkala universitet professor oʻqituvchilari mavzu yuzasidan maʼruzalar qilishdi. “Global va regional xavfsizlik tizimlarining oʻzaro aloqasi (BMT, JXSHT va SHHT misolida)”, “Oʻzbekistonning YEIIga qoʻshilishining afzallik va xatarlari”, “MDH hududida COVID-19 pandemiyasi bilan kurashishda Rossiya Federatsiyasining roli”, “MDH doirasida postpandemiya davrida Oʻzbekistonda hamkorlining ustuvor yoʻnalishlari”, “Iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlashda iqtisodiy diplomati: pandemiya saboqlari va yangi tendensiyalar” kabi bugungi kun uchun dolzarb mavzularni yoritgan ikki davlat maʼruzachilari oʻzaro tajriba almashdilar, pandemiya sharoitida taʼlim va iqtisodiy yoʻnalishlarni tahlil qildilar.
Maʼlumot oʻrnida, oʻzining 60 yillik tarixi davomida Rossiya Xalqlar doʻstligi universiteti xalqaro nufuzga ega hamda Rossiya va xalqaro OTM reytinglarida yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. Ayni paytda RXDU 53 ta davlatlarning 65 ta universiteti bilan oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha kelishuv va bitimlarni imzolagan.
Konferensiya yakunida ishtirokchilar tinglangan maʼruzalar boʻyicha bir-birlariga savollar berishdi, professorlar oʻrtasida fikr almashinildi.