JIDU bitiruvchisi Prezident matbuot xizmatiga rahbarlik qiladi
25.03.2021 2957
Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti bitiruvchisi Sherzod Asadov Prezident administratsiyasi rahbari oʻrinbosari - Prezident matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
Davlatimiz rahbari Sherzod Asadov haqida:
“Koʻp oʻylab shu qarorga keldim. Bugun Sherzod Asadovni Prezidentning Matbuot kotibi etib tayinlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladim. Tilni biladi, dunyoni koʻrgan. U ham katta kurash maydoniga kirayapti. Shu fursatdan foydalanib aytmoqchiman, Sherzod Asadov davlat siyosatining yoritilishiga masʼul boʻladi. Barcha idoralar, hokimliklar matbuot kotiblari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Avvalgi davr bilan solishtirish kerak, hozirgi adolatli siyosatni xalqqa yetkazish kerak”, - dedi.
JIDU jamoasi ham Sherzod Asadovni ushbu masʼuliyatli va faxrli lavozim bilan qutlab, kelgusi faoliyatiga zafarlar tilaydi.