24.03.2021 1925

Britaniya Kengashining Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikdagi "Ingliz tilida fanlarni oʻqitish"(EMI) loyihasining navbatdagi bosqichi yakunlandi.

Loyihaviy jamoalar aʼzolari uchun NILE – Norij tillarni oʻqitish institutining (Buyuk Britaniya) trenerlari ishtirokida bir necha vebinarlar tashkil etildi. Vebinarlarda JIDU loyihaviy jamoasining barcha aʼzolari ham faol ishtirok etdi. Loyiha koordinatori G.Irmuhammedova va jamoaning faol aʼzosi A.Abdullayevlar Oʻzbekiston OTM uchun EMI dasturlar ishlab chiqish boʻyicha milliy jamoa tarkibiga qoʻshildilar. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi universitetning oʻqituvchilari uchun seminarlar ham tashkil etib, Britaniya Kengashi va NILEdagi hamkasblari ishtirokidagi barcha vebinarlarda qatnashdi.

JIDU har bir loyiha qatnashchisi boʻlgan OTM singari Britaniya Kengashining fan oʻqituvchilari va ingliz tili oʻqituvchilariga koʻmak sifatidagi kitoblarni qoʻlga kiritdi. Bu kitoblar universitet kutubxonasiga taqdim etildi.

JIDU loyihaviy jamoasining barcha aʼzolari vebinarlarda ishtirok etganlik sertifikatini qoʻlga kiritishdi.