24.03.2021 1795

Hurmatli janob Karimov,

Fursatdan foydalanib Sizga va JIDU jamoasiga Slovakiya Respublikasi TIV va Yevropa ishlari boʻyicha Davlat kotibi Ingrid Broskova xonimning 17-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida oʻqituvchi va talabalar bilan aʼlo darajada tashkil etilgan uchrashuv uchun minnatdorchilik bildiraman.

Ishonamanki, mazkur uchrashuv har ikki tomon uchun foydali va qiziqarli boʻldi. Kelgusida universitetingiz va Slovakiya rasmiy doirasi vakillari ishtirokida yanada koʻproq uchrashuv va muloqotlar uyushtirishimizga umid qilib qolaman.

Oʻz nomimdan Ingrid xonim JIDUdagi tashrifi boʻyicha iliq taassurotda qolgani va keyingi uchrashuvlarni intizorlik bilan kutishini qoʻshimcha qilaman.

Yuksak ehtiromimizni qabul qilgaysiz.

 

Hurmat bilan,

 

Slovakiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchichi
Yan Bori

 


Letter to UWED rector