23.03.2021 3814

“Navroʻz” soʻzi forschadan “Yangi kun” degan maʼnoni beradi. Bahorgi tengkunlik bayrami forsiy va turkiy xalqlar uchun yangi yil sifatida nishonlanadi. Navroʻz Yer yuzidagi qadimiy bayramlardan biri. Yozma manbalarga koʻra, bu bayram haqida miloddan avvalgi VII asrga oid maʼlumotlar uchraydi. 2009-yilning sentyabrida Navroʻz YUNESKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ham Navroʻz milliy bayramini hamjihatlik, koʻtarinki kayfiyatda nishonladilar. Talabalar turli viloyatlar urf-odatlari va anʼanalarini namoyish etdilar. Tadbir yakunida, universitetning faol talaba yoshlari esdalik sovgʻalari va diplomlar bilan taqdirlandilar.

Navroʻz ayyomi barchamizga ezguliklar, yorugʻ va unutilmas onlarni hadya etsin.