19.03.2021 1863

Jannatmakon Oʻzbekiston diyorimizga bahor va yangilanish timsoli boʻlgan Navroʻz ayyomi yaqinlashib kelmoqda. Barchamizga ushbu uzoq kutilgan bahor bayrami muborak boʻlsin! Xalqimizga xos boʻlgan ona Vatanga muhabbat, mehr-oqibat, hamjihatlik va muhtojlarga koʻmak berish kabi fazilatlar Navroʻz bayramida ayniqsa yanada koʻproq namoyon boʻladi. Navroʻz falsafasining asosi boʻlgan, insoniylik, ezgulik, adolat va bagʻrikenglik, insonlar farovonligi uchun gʻamxoʻrlik qilish davlatimizning ham asosiy tamoyillariga aylangan.

Qadrdon universitetimiz professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda aziz talabalarimiz – fursatdan foydalanib, qalbimizni quvonch va shukronalik hissiga toʻldiruvchi ayyom arafasida barchangizga salomatlik va baxt, xonadoningizga toʻkin-sochinlik va farovonlik tilayman. Kirib kelgan bahor yangi marralar, oʻzgarishlar va eng ezgu tilaklaringiz roʻyobini taqdim etsin. Mutafakkir va shoir Alisher Navoiy taʼbiri bilan aytgandek, har kunimiz Navroʻz boʻlsin!