O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi vakillari ishtirokida “Xalqaro huquq” fakulteti bitiruvchilari uchun ma’ruzasi tashkil etildi
19.03.2021 1692
JIDU “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari uchun navbatdagi “Bitiruvchilar soati” uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur tadbir 2020-2021-o‘quv yiliga mo‘ljallangan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli tadbirlar rejasidagi vazifalarni amalga oshirish va universitet bitiruvchilarini sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda iqtidorli bitiruvchilarni ishga jalb qilish maqsadida tashkil etildi. “Bitiruvchilar soati”da O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Kadrlar boshqarmasi katta konsultanti U.Umurzakov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyati, tarkibi, kadrlarni shakllantirish tartibi hamda ularga qo‘yiladigan asosiy talablar borasida ma’ruza o‘qildi.
Ushbu uchrashuv talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.