JIDUda Saitama universiteti (Yaponiya) professorining onlayn maʼruzasi tashkil qilindi
17.03.2021 1697
JIDU Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari uchun Yaponiyaning Saytama (Saitama) universiteti professori Hidekatsu Asadaning navbatdagi maʼruzasi boʻlib oʻtdi. Unda professor yigʻilganlar uchun “Outlook for the Global Economy under the Covid-19 pandemic” mavzusida taqdimot oʻtkazdi. Saytama universiteti Yaponiyaning yetakchi OTMlaridan boʻlib iqtisodiyot, taʼlim, ilm-fan, muhandislik kabi yoʻnalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi. Taʼlim muassasasida 40 dan ortiq mamlakatlarning universitetlari bilan hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolangan.
JIDU talabalari uchun pandemiya sharoitida global iqtisodiyotnig istiqbollarini tahlil qilishga bagʻishlangan vorkshopda dastlab Covid-19 ning mamlakatlar YAIMga taʼsiri, global iqtisodiy koʻrsatkichlar, pandemiya keltirib chiqargan ishsizlik va qarzdorlikning ortishi kabi masalalar koʻrib chiqildi. Shundan soʻng, xalqaro narx-navolarning tiklanishi va mamlakatlar aholisining vaksina bilan taʼminlanishi kabi jihatlar ham tahlil qilindi.
Bu kabi turkum muloqotlar talabalarning xorijlik ekspertlar bilim-tajribalari bilan tanishish hamda kelgusi faoliyatlarida ulardan samarali foydalanishlariga koʻmak beradi.