15.03.2021 1695

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti "Xalqaro iqtisodiyot va menejment" fakultetida bitiruvchi soati doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori oʻrinbosari Umid Abidxadjayev ishtirokida "Investitsiya loyihalarining samaradorligini baholash" mavzusida mahorat darsi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda investitsiya loyihalarining samaradorligini koʻrsatuvchi omillar, O'zbekistonda amalga oshirilgan investitsiya loyihalari va ularni baholash metodologiyalari haqida soʻz yuritildi.

Mazkur mahorat darsida Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedrasining professor oʻqituvchilari va fakultet talabalari faol qatnashishdi. Uchrashuv yakunida bitiruvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi va oʻzaro fikrlar almashdilar.