15.03.2021 3454

Toshkent davlat yuridik universitetida milliy kurash boʻyicha oliy ta’lim muassasalari talabalari oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Vazir kubogi” musobaqasining Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Mazkur musobaqada  Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Jahon iqtisodiyoti va menejment” fakulteti 1-bosqich talabasi, JIDU sport klubi a’zosi Elbek Ibrohimov +100 kg vazn toifasi boʻyicha faxrli birinchi o‘rin, “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1-bosqich talabasi, JIDU sport klubi a’zosi Fayzaxmatov Sherzod +66 kg vazn toifa boʻyicha hamda “Xalqaro huquq” fakulteti 1-bosqich talabasi, JIDU sport klubi a’zosi Iskandarov Jonibek +90 kg vazn toifasi boʻyicha uchinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.

Universitet jamoasi talabalarni ushbu g‘alabalari bilan samimiy muborakbod etib, keying bosqichda ham ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.