13.03.2021 1599

2021-yilning 10-mart kuni Xalqaro munosabatlar fakulteti talabalariga professor Petra Veylandning “The Arab Rebellion 10 years on” mavzusida onlayn ma’ruzasi o‘tkazildi. Professor P.Veyland 2011-yilda boshlangan “Arab bahori”ning yuzaga kelish sabablari va oqibatlari haqida talabalarga batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, ushbu tartibsizliklarning arab mamlakatlari dunyosi, davlat boshqaruvi, iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlarga bo‘lgan ta’sirini davlatlar kesimida alohida ta’kidlab o‘tdi. Mazkur ma’ruza talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda ma’ruza yakunida professor talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.